Kechikkan javob
Mijoz kechqurun yoki dam olish kuni yozadi. Ertalab javob berganingizda u allaqachon boshqa joyga murojaat qilgan bo'ladi.
01 Boshlanish
Jonli rejim · 24/7AI Community Manager — Instagram va Facebook'dagi har bir xabar, izoh va story javobini biznesingizning o'z ohangida javoblaydi. Shikoyatni Telegramga uzatadi, raqamni CRM'ga lid qilib tushiradi.
02 Muammo
Ijtimoiy tarmoqdagi murojaat oqimi biznes soatiga bo'ysunmaydi. Odam esa bo'ysunadi.
Mijoz kechqurun yoki dam olish kuni yozadi. Ertalab javob berganingizda u allaqachon boshqa joyga murojaat qilgan bo'ladi.
Yuzlab izoh va story javoblari orasida haqiqiy xaridor yozgan savol ko'zdan chetda qoladi.
Norozi mijoz avval sizga yozadi. Javob bo'lmasa — keyingi safar u ochiq sahifaga yozadi.
Qaysi savol takrorlanmoqda, nima sotuvga to'sqinlik qilmoqda — hech kim sanamaydi, hech kim bilmaydi.
03 Bozor narxi
Toshkent, 2026-yil iyul. Community manager vakansiyalari — talab qilinayotgan ish va so'ralayotgan maosh.
Ochiq vakansiyalar · Toshkent · 2026
Va bu pulga nima olasiz? Vakansiyalarning o'zida yozilgan: Instagram Direct va izohlar, Telegram, Facebook, marketpleyslar, tez javob berish, negativ bilan ishlash, lidni sotuv bo'limiga uzatish. Ro'yxatning o'zi — AI Community Manager har kuni bajaradigan ish.
04 Qamrov
Meta ekotizimidagi barcha muloqot nuqtalari bitta miya bilan boshqariladi. Mijoz izohda boshlagan suhbatni Directda davom ettirsa ham — kontekst yo'qolmaydi.
05 Ohang
Bu tayyor javoblar ro'yxati emas. Tizim xabarning mavzusi va kontekstini o'qiydi — keyin biznes egasining o'z uslubida yozadi.
Real suhbat · Instagram Direct
06 Signal
Kun bo'yi hisobotni ochib o'tirishingiz shart emas. Shikoyat, iliq sharh yoki bloger yozdimi — telefoningizga darhol xabar tushadi.
07 Sotuv voronkasi
AI shunchaki javob bermaydi. U mijozga foydali maslahat berib, qiziqishini oshiradi va suhbatni aniq harakatga olib chiqadi.
Mijoz izoh, story javobi yoki Directga yozadi.
Savolga aniq, foydali va ishonch uyg'otadigan javob beriladi.
Ehtiyoj ochiladi, mijoz qaror qabul qilishga yaqinlashadi.
Qabulga yoziladi yoki telefon raqamini qoldiradi.
Raqam CRM yoki sotuv bo'limi Telegram guruhiga tushadi.
08 Boshqaruv paneli
AI Community Manager'ning o'z dashboardi bor. Murojaatlar shunchaki javoblanmaydi — sanaladi, turkumlanadi va biznes qaroriga aylanadi.
Murojaat va shikoyatlar turkumlanadi: bugun nima ko'p so'ralmoqda, nimadan norozilik bor.
Savdoga ta'sir qiluvchi omillar kuzatiladi, tendensiya o'zgarganda oldindan ogohlantiradi.
Aniq tavsiya: nimani tuzatish, qaysi mavzuda kontent chiqarish kerak.
09 Prompt setting
Yangi filial ochildimi, narx yangilandimi, aksiya boshlandimi — javob shablonini o'zingiz tahrirlaysiz. Dasturchi ham, texnik yordam ham kerak emas. O'zgarish shu zahoti barcha kanallarda ishlaydi.
10 Chatbot
Trigger va avtomatlashtirish imkoniyatlari saqlanadi. Ustiga — mavzuni tushunadigan miya qo'shiladi.
11 Inson faktori
Tizim odamni almashtirmaydi. U odam ulgurmaydigan ishni bajaradi.
Kechasi ham, bayramda ham javob beradi. Tanaffus va navbatchilik jadvali kerak emas.
Kayfiyat va charchoq javobga ta'sir qilmaydi. Har bir mijoz bir xil munosabat ko'radi.
Reklama ishga tushib oqim keskin oshganda ham navbat hosil bo'lmaydi.
Xodim izlash, suhbat, ishga kirish muddati va o'rgatish oylab davom etadi. Tizim esa sozlangan kuniyoq javob bera boshlaydi.
Xodim ishdan ketsa, bilim u bilan ketadi. Tizimda esa u to'planib boradi.
Yangi filial yoki ikki barobar ko'p mijoz — yangi xodim yollash talab qilinmaydi.
12 Ochiq gap
AI Community Manager — o'rnatilgan kuniyoq hamma narsani biladigan «sehrli tugma» emas. Har qanday aqlli tizim kabi, unga vaqt va tajriba kerak.
Dastlabki haftalarda tizim biznesingiz, mijozlaringiz va ular beradigan savollar bilan tanishadi. Muloqot qancha ko'p bo'lsa, u shuncha aniq javob bera boshlaydi: kamchiliklar tuzatiladi, javoblar o'tkirlashadi, ohang sizga yaqinlashadi.
Bu o'sib boradigan tizim. Bugungi kichik xato ertangi kunning tuzatilgan tajribasiga aylanadi.
Shuning uchun biz sizdan bir narsani so'raymiz: ilk haftalarda tizimga vaqt bering. Biz esa uni sizning biznesingizga moslab boramiz.
13 Hamkorlik
Narxlar individual — biznesdagi ish hajmiga qarab belgilanadi. Aniq narxni offlayn uchrashuvda gaplashishimiz mumkin.